Christchurch aeroporti




Christchurch aeroporti  – Yangi Zelandiyaning Christchurch shahriga xizmat koʻrsatadigan asosiy aeroportdir. Ushbu aeroport Christchurch shahridan 12 kilometr shimoli-gʻarbda joylashgan Harewood tumanidadir.1940-yil 18-mayda rasman ochilgan va 1950-yil 16-dekabrda Yangi Zelandiyaning birinchi xalqaro aeroportiga aylandi Bu Yangi Zelandiyadagi yillik yoʻlovchilar soni boʻyicha Auckland va Vellingtondan keyin uchinchi eng gavjum, aeroport va samolyot harakati boʻyicha Aucklanddan keyin ikkinchi eng gavjum aeroport hisoblanadi.

Christchurch va Auckland Boeing 747 va Airbus A380 samolyotlarida xizmat koʻrsatadigan Yangi Zelandiyadagi yagona aeroportdir. Shuningdek Christchurch aeroporti kuniga 24 soat ishlaydi.

Tarix



1935-yilda mahalliy kengash Harewoodni yangi aerodrom qurish uchun Christchurchdagi eng yaxshi joy sifatida topishga qaror qildi. Harewood aerodromining qurilishi 1936-yilda 227 gektar yer sotib olingandan soʻng boshlangan. 1937-yilda 915 metrli uchish-qoʻnish yoʻlagi va 60 kvadrat metrlik terminal qurildi. 1950-yilda Christchurch aeroporti hukumatdan xalqaro operatsiyalar uchun ruxsat oldi. 1960-yili fevral oyida arxitektor Pol Pasko tomonidan loyihalashtirilgan yangi terminal binosi foydalanishga topshirildi.

Aeroportni qayta qurish



Christchurch aeroporti 2006-yilning mart oyidan boshlab 13 million dollarlik yangi koʻp qavatli avtoturargoh binosi qurilishi boshlanganidan keyin keng koʻlamli kengaytirish loyihasini amalga oshirdi va ushbu loyiha 2007-yilning boshlariga topshirildi. Yangi bino 570 ta avtomobillar uchun yopiq joylarini taqdim etdi. Loyiha tugallangandan soʻng, mavjud avtoturargohning bir qismi yangi terminal binosining kengayishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha joyni taʼminlash uchun yopildi. 2009-yil sentyabr oyida yangi avtoturargoh binosiga yaqin joylashgan joyda 45 metr balandlikdagi yangi boshqaruv minorasi ochildi.

2010-yildan boshlab



2011-yil aprel oyida Air Asia X Kuala-Lumpurga Airbus A330 qatnovini boshladi. Lekin ushbu loyiha qisqa umr koʻrdi va 2012-yil may oyida yakunlandi. China Airlines 2014-yil dekabridan 2018-yilgacha Airbus A330 samolyotlari bilan Sidney orqali Taypeydan mavsumiy reyslarni amalga oshirgan

Manba




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz