Chris Rock




Christopher Julius Rock (talaffuzi: Kristofer Yuliy Rok; 1965-yil 7-fevralda tugʻilgan) — amerikalik komik, aktyor va kinorejissyor. Grammy mukofoti va Primetime Emmy mukofotlari sovrindori. Oltin Globus mukofotiga nomzod ham boʻlgan. Rock Comedy Centralʼning barcha davrlarning 100 ta eng zoʻr stendapchisi roʻyxatida 5-oʻrinni egallagan.

Hayoti



Rock 1965-yil 7-fevralda Janubiy Karolina shtatining Andrews shahrida tug‘ilgan. Rockning oat-onasi uning tugʻilishidan koʻp oʻtmay, Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi Crown Heights mahallasiga koʻchib oʻtishgan. Onasi Rosalie (qizlik familiyasi: Tingman) — oʻqituvchi; otasi Julius Rock yuk mashinasi haydovchisi va gazeta yetkazib beruvchi. Julius 1988-yilda yara kasalligi operatsiyasidan keyin vafot etgan.

Rock oilada toʻngich farzand boʻlgan. Uning oltita uka-singlisi bor. Ukasi Charles Ledell Rock 2006-yilda alkogolizmdan azob chekib vafot etgan. Rockning Tony, Kenny va Jordan ismli ukalari esa koʻngilochar sanoatda faoliyat yuritishadi.

Karyerasi



Rock 1984-yilda Nyu-York shahridagi Catch a Rising Star klubida stendapchi boʻlib ishlay boshlagan. Rock shu klubda ishlab yurganida Eddie Murphyning eʼtiboriga tushgan.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz