Chris Hipkins




Christopher John Hipkins (talaffuzi: Kristofer Jon Xipkins; 1978-yil 5-sentabrda tugʻilgan) — Yangi Zelandiya Mehnat partiyasi siyosatchisi, 2023-yilning 7-fevral kuni Yangi Zelandiya Bosh vaziri lavozimini Jacinda Ardern oʻrniga egallashi kutilmoqda. Hozirgacha mamlakat taʼlim vaziri, politsiya vaziri, davlat xizmati vaziri va palata rahbari lavozimlarida ishlagan. 2008-yilgi saylovlarda parlament aʼzosi etib saylangan. Yangi Zelandiyada COVID-19 pandemiyasi natijasida taniqli shaxsga aylangan. 2020-yil iyuldan noyabrgacha Sogʻliqni saqlash vaziri va 2020-yil noyabridan 2022-yil iyunigacha COVID-19ga qarshi kurash vaziri lavozimlarida ishlagan.

2023-yil 21-yanvarda Leyboristlar partiyasi yetakchisi sifatida Jacinda Ardern o‘rniga yagona nomzod bo‘ldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz