Chris Gulker
Christian Frederick „
Chris “
Gulker (1951-yil 10-mart – 2010-yil 27-oktyabr) amerikalik fotograf, dasturchi hamda yozuvchi.
Gulker gazeta sanoatiga raqamli nashriyot davrini joriy etgan vositachilardan biri hisoblanadi. U bloggerlikning dastlabki tarixida ham markaziy shaxs boʻlgan.
Tarjimai holi
New York shahrida tugʻilgan Gulker Pensilvaniya shtatidagi Eri yaqinidagi Eri koʻli boʻyida ulgʻaygan. U 1969-yil Ogayo shtatining Gudson shahridagi Gʻarbiy zahiralar akademiyasining bitiruvchisi boʻlgan. Soʻng Los Angelesdagi Occidental kollejida qiyosiy adabiyot boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan. Gulker idish yuvuvchi, taksi haydovchisi, evakuator operatori va barmen boʻlib ham ishlagan. 1978- yilda Los Angeles Herald-Examiner kompaniyasida fotograf boʻlib ishga yollangan. Christian shuningdek, frilanser sifatida ham faoliyat yuritgan va Time, Newsweek, Vanity Fair, Rolling Stone, Glamour, The New York Times kabi jurnallarda suratlari nashr etilgan. Gulker ikki marta Pulitser mukofotiga nomzod boʻldi. Milliy matbuot fotograflari assotsiatsiyasining elektron fotojurnalistika seminariga hissa qoʻshgan.
1989-yilda Herald-Examiner yopilganidan soʻng Menlo Parkga, Kaliforniya shtatiga koʻchib oʻtadi. U yerda dastlab fotolar muharriri boʻlib ishladi. 1989-yilgi Loma Prieta zilzilasi sababli elektr quvvati oʻchganidan soʻng gazeta nashriyot tizimini toʻxtab qoladi. Bu esa Gulkerga The Examiner jurnalini Macintosh tomonidan elektron ishlab chiqarilgan nashrini joriy qilish imkonini berdi.
Gulkerga 2006-yil oktyabr oyida operatsiya qilib boʻlmaydigan malign glioma miya shishi tashxisi qoʻyilgan. Oʻzining soʻnggi yillarida, falaj boʻlib qolganiga qaramay, u Fransiya va Amerika janubiga sayohat qiladi. Doʻstlarini ziyorat qildi va oʻz blogi orqali saraton kasalligi bilan ogʻrigan tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. U davolanishni davom ettirishdan koʻra palliativ yordamni tanladi.
2010-yil iyul oyida Christianning onkologi unga bir necha oylik umri qolganligini aytgan. Gulker 2010-yil 27-oktabrda 59 yoshida uyida uxlagan holda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org