Choʻzma
Cho‘zma — non mahsuloti. Uning xamiri achitqi qo‘shib tayyorlanadi. Shakli non kabi dumaloq qilib yasaladi va pichoq bilan uch-to‘rt joyi teshiladi. Qizib turgan paxta yoki kungaboqar yog‘ida pishirib olinadi. Cho‘zma Jizzax, Surxondaryo, Samarqand viloyatining qishloq hududlarida, asosan ehson qilish uchun tayyorlanadi. "O‘tganlarga atab cho‘zma pishirdik".
Adabiyotlar
S. N. Tursunov, T. R. Pardaev. Surxondaryo etnografiyasi (oʻquv qoʻllanma).
Manbalar
uz.wikipedia.org