CHOYSHAB
CHOYSHAB (forscha — tun chodiri, ro’yjo) — ro’zg’or buyumi. Taxmonga tutish, to’shak ustidan to’shab qo’yish, yotganda yopinish uchun ishlatiladi. Choyshabning to’shak ustiga yoziladigan oq surp va oq malla bo’zdan kashtasiz, ba’zan kam kashtali qilib, taxmonga tutiladigani esa satin, shoyi, Baxmal va boshqa matolardan kashta bilan bezab tikiladi. Keyingi vaqtlarda ba’zan ro’zg’orda bezakli Choyshabdan so’zana kabi badiiy buyum sifatida ham foydalanilmoqda.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz