CHOYMOMO — o’zbek folklorida shamol homiysi sifatida tasavvur qilingan mifologik obrazlardan biri. Surunkali esgan shamolni to’xtatish uchun Choymomoga murojaat qilish bilan bog’liq turli xil ishonch e’tiqodlarni o’z ichiga olgan marosim Chimkent viloyatida yashovchi o’zbeklar tomonidan o’tkazib kelingan. Qadimda odamlar kuchli yel, quyun yoki dovul sifatida namoyon bo’ladigan hamda ekin-tikinlarni payhon qilib, daraxtlarning mevasini to’kib, katta ziyon yetkazadigan shamolni yovuz kuch alomati deb bilishgan. Bevaqt esgan shamolni to’xtatish va hosil nobudgarchiligining oldini olish maqsadida bu tabiiy hodisaga turli magik amallar bilan ta’sir kursatishga harakat qilishgan. Ana shu mifologik qarashlar asosida shamol homiysi sifatida tasavvur qilingan Choymomo obrazi hamda u bilan bog’liq shamol to’xtatish marosimi yuzaga kelgan. Choymomo marosimining qadimgi ko’rinishi ayollar tomonidan o’tkazilishi hamda ijro etiladigan “Choymomo”qo’shig’ining matnida epiklik va emotsionallik aks etib turishi bilan xarakterlansa, ma’lum o’zgarishlarga uchragan ko’rinishi shamol to’xtatish amallarining faqat erkaklar tomonidan bajarilishi va “Chuychuy momo” qo’shig’i ijro etilishi bilan farqlanib turadi. Choymomo marosimining o’tkazilish tartibi va unda aytiladigan qo’shiqlarning bir necha xil tiplari mavjud. Masalan, uning bir ko’rinishida keksa ayollar bilan 5-7 ta bo’y yetgan qizlar ishtirok etsa, boshqa bir variantida Chodrali kampir bilan 7 yetim qiz qatnashgan. Marosimning uchinchi lokal variantida esa barcha udumlar 3 nafar kampir tomonidan bajarilgan: ulardan biri o’qlog’ini minib olsa, ikkinchisi supurgi ushlab olgan, uchinchi kampir xonadonlardan yig’iladigan masalliklarni (un, bug’doy va shu kabilarni) to’rvaga solib ko’tarib yurgan. Uch kampir ana shu holatda qishloqdagi har bir uy oldiga borib, “Choymomo”qo’shig’ini aytishgan: Choymomo, choy, choy, choy, chayilib qolsin quv shamol, Bosabosa beringlar, Bosilib qolsin quv shamol! Ugauga beringlar, Ugilib qolsin bu shamol. Choymomolar o’libdi, o’g’li yetim qolibdi, Choymomoning onasi amakimga boribdi, Choymomo, choy, choy, chayilib qolsin quv shamol… Ad.: Divaev A., Zaklinanie i priziv vetra, v kn.: Etnograficheskoe obozrenie, VIP. 12, 1910; Sarimsoqov B., O’zbek marosim folklori, T., 1986; Taydjanov K., Ismailov X., Osobennosti doislamskix verovaniy u uzbekovkaramurtov, v kn.: Drevnie obryadi, verovaniya i kulti narodov Sredney Azii, M., 1986. To’ra Mirzaev, Mamatsul Jo’raev.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
CHOYMOMO haqida kengroq ma'lumot bermoqchi bo‘lsangiz, iltimos, aniqroq savol bering yoki qaysi sohada CHOYMOMO haqida ma'lumot kerakligini ayting. Masalan, CHOYMOMO brendi, mahsuloti, yoki boshqa biror kontekstda ma'lumot kerakmi?
Agar CHOYMOMO nomi bilan bog‘liq qiziqarli yoki dolzarb ma'lumot kerak bo‘lsa, quyida umumiy shaklda yozaman:
CHOYMOMO haqida umumiy ma'lumot:
CHOYMOMO ko‘pincha oziq-ovqat sanoatida, ayniqsa, yapon, koreys yoki boshqa Osiyo taomlarida uchraydigan qaynatilgan xamirli mahsulot sifatida tanilgan bo‘lishi mumkin, ammo bu nom ko‘proq boshqacha kontekstda qo‘llanilishi ham ehtimoldan xoli emas.
Agar CHOYMOMO — bu yangi brend, mahsulot yoki xizmat bo‘lsa, unda uning asosiy xususiyatlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Mahsulot turi: Masalan, qadoqlangan taomlar, ichimliklar, kiyim-kechak yoki texnologik gadjetlar.
Bozor maqsadi: Yoshlar uchun, sportga oid, sog‘lom ovqatlanish uchun yoki kundalik hayot uchun mo‘ljallangan.
Xususiyatlar: Sifatli, innovatsion, ekologik toza, sog‘lom yoki boshqa imtiyozlar.
Agar sizga CHOYMOMO haqida maxsus sohada batafsil ma'lumot kerak bo‘lsa, iltimos, qo‘shimcha ma’lumot bering. Shunda men sizga aniq va kengroq ma’lumot bera olaman.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish