CHO’YAN



CHO’YAN — har xil buyumlar (qozon, santexnika qurilmalari, me’morlik bezaklari, panjaralar va boshqalar) quyish uchun ishlatiladigan mo’rt material; temir bilan uglerod qotishmasi. Oddiy (legirlanmagan) Cho’yan tarkibida 2,0% dan ortiq uglerod va oz miqdorda doimiy qo’shilmalar — kremniy, marganes, fosfor va oltingugurt bo’ladi. Tarkibida legirlovchi elementlar — xrom, nikel, molibden, mis, alyuminiy va boshqalar, shuningdek, 2% dan ortiq marganes hamda 4% dan ortiq kremniy bo’lgan Cho’yan legirlangan (maxsus) Cho’yan deyiladi. Cho’yan kulrang, oq va oraliq turlarga bo’linadi. Kulrang Cho’yanda uglerod erkin holatda — bodroqsimon, plastinkasimon yoki sharsimon grafit tarzida, oq Cho’yanda uglerodning qammasi yoki juda ko’p qismi temir karbidi G’e3s — tsement holida, oraliq Cho’yanda esa uglerodning bir qismi tsementit va bir qismi grafit holida bo’ladi. Kulrang Cho’yan tarkibidagi grafitning shakliga ko’ra, oddiy kulrang Cho’yan, bolg’alanuvchan va juda puxta Cho’yanlarga bo’linadi. Oddiy kulrang Cho’yanda grafit plastinka (yaproq) shaklida, bolg’alanuvchan Cho’yanda — bodroqsimon (pag’apag’a), juda puxta Cho’yanda esa shar shaklida bo’ladi. Quymalar olish uchun ishlatiladigan kulrang Cho’yan quymakorlik cho’yani deb ham ataladi. Oq Cho’yan qayta ishlanuvchi Cho’yan deyiladi, chunki u, asosan, po’lat ishlab chiqarishga yaraydi. Oq Cho’yanni termik ishlab, yumshatish yo’li bilan bolg’alanuvchi Cho’yan hosil qilinadi. Oddiy kulrang Cho’yan harflar (KCH) va ikki xonali ikki son bilan belgilanadi. Masalan, KCH 1228 da KCH (SCH) harflari (“kulrang cho’yan”, ruscha “seriy chugun” so’zlarining birinchi harflari) kulrang Cho’yan ekanligini, 12 soni uning cho’zilishdagi, 28 soni esa egilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg/mm2) bildiradi. Bolg’alanuvchan Cho’yan BCH (KCH) harflari va ketma-ket keladigan ikki son bilan belgilanadi, masalan, BCH504 da BCH (KCH) harflari (“bolg’alanuvchan cho’yan”, ruscha “kovkiy chugun” so’zlarining birinchi harflari) Cho’yanning bolg’alanuvchanligini, 50 soni cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% qisobida) bildiradi. Cho’yanlar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domna pechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq Cho’yanlardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Cho’yanlar ham olinadi; bunday Cho’yanlar tarkibida kremniy va marganes miqdori odatdagi Cho’yanlardagiga qaraganda ancha ko’p bo’ladi. Mashinasozlikda Cho’yanning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy Cho’yan — tarkibida alyuminiy miqdori ko’p bo’lgan Cho’yan, u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifriktsion Cho’yan — yeyilishga chidamli Cho’yan, podshipniklar va boshqalar ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. Ieeiqbardosh Cho’yan — temperatura ko’tarilganda mustahkamligi uncha pasaymaydi; yuqori temperaturada ishlaydigan Cho’yan armaturalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh Cho’yan — yuqori temperaturalarda oksidlanishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi; bu xossa unga ko’proq miqdorda xrom qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha temperaturada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh Cho’yan — zararli muhitlar — kislota, ishqor va boshqalarga kimyoviy turg’unligi yuqori bo’lgan legirlangan Cho’yanlar jumlasiga kiradi. Magniyli Cho’yan — tarkibidagi grafit shar shaklida bo’lgan kulrang (juda puxta) Cho’yan; suyuq Cho’yanga magniy yoki uning qotishmalaridan qo’shish yo’li bilan Cho’yan graffiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Cho’yan — asosi austenit bo’lgan ko’p legirlangan Cho’yan; magnit kirituvchanligi juda kichik bo’ladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Cho‘yan haqida ma’lumot

Cho‘yan – bu temir va uglerodning qotishmasi bo‘lib, sanoatda keng qo‘llaniladigan metall turi hisoblanadi. Cho‘yan juda qattiq va qattiqligi yuqori bo‘lsa-da, avtomatik qattiqlik va qobiliyat jihatidan temirdan farq qiladi. Cho‘yan tarkibida temirdan tashqari uglerod miqdori taxminan 2,1% dan ortiq bo‘ladi. Bu uglerod miqdori undan past bo‘lgan temir-uglerod qotishmalari (masalan, po‘lat) bilan farqlanadi.

Cho‘yan turlari

Cho‘yanning bir nechta asosiy turlari mavjud:

  1. Kulrang cho‘yan (grafitli cho‘yan)
    Bu cho‘yan turida uglerod grafit shaklida mavjud bo‘ladi va quyilgan metallarda ko‘proq uchraydi. U yengil ishlov berishga ega, yaxshi sirt sifati va sovutish xususiyatlariga ega. Kulrang cho‘yan mashina qismlari, vana korpuslari, dvigatel bloklari va boshqaruv qutilari ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.

  2. Qattiq cho‘yan (tor grafitli cho‘yan)
    Unda uglerod grafit shaklida emas, balki eriydigan cementit ko‘rinishida bo‘ladi. Bu cho‘yan turi qattiq bo‘lib, shikastlanishga nisbatan chidamlidir, asosan maydalash mashinalari, buzgichlar va qayta ishlovchi uskunalarda foydalaniladi.

  3. Oq cho‘yan (akmik cho‘yan)
    Bu turdagi cho‘yan odatda o‘ta qattiq va qattiq yuzaga ega, ammo u kramnik bo‘lib, ishlov berishda qiyinchilik tug‘diradi. U asosan texnologik maqsadlarda va yuqori qattiqlik talab qilinadigan joylarda ishlatiladi.

  4. Sferogrammatik cho‘yan (nodulyar cho‘yan)
    Bu cho‘yanning grafit tuzilishi dumaloq shaklda bo‘ladi, bu esa uning mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi, masalan, cho‘yanning egiluvchanligi va mustahkamligini oshiradi. Bu tur mashina va qurilish sanoatida juda keng qo‘llaniladi.

Cho‘yanning xususiyatlari

Cho‘yan ishlab chiqarish va qo‘llanilish sohalari

Cho‘yan quyish usuli bilan ishlab chiqariladi. Uning yuqori uglerod miqdori va boshqa elementlar ta’sirida hosil bo‘lgan tuzilishi unga turli xususiyatlar beradi. Sanoatda cho‘yan avtomobilsozlik (dvigatel bloklari, tormoz disklar), mashinasozlik (g‘ildirak, qistirgichlar), qurilish (qurilish mashinalari qismlari), quvurlar va boshqa ko‘plab joylarda ishlatiladi.

Xulosa

Cho‘yan – metall sanoatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan temir-uglerod qotishmasidir. Uning turli turlari mavjudligi, yuqori texnik xususiyatlari va arzonligi uni ko‘plab sanoat tarmoqlarida ishlatishga imkon beradi. Cho‘yanning turli turlarining mexanik va fizik xususiyatlarini bilish ularni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash uchun muhimdir.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz