Choy madaniyati




Choy madaniyati choyni tayyorlash va iste'mol qilish usuli, odamlarni choy bilan bolgan o'zaro munosabati va choy ichish estetikasi bilan belgilanadi.

Ba'zi mamlakatlarda choy juda muhim ahamiyatga ega. U odatda ijtimoiy tadbirlarda iste'mol qilinadi.

Ko'plab xalqlar madaniyatida ushbu tadbirlar uchun qiziqarli rasmiy marosimlarni o'tkazish urfga kirgan. Sharqiy Osiyo choy marosimlari Xitoy choy madaniyatidan kelib chiqqan holda, Sharqiy Osiyo mamlakatlarida,masalan, yapon yoki koreys millatlari orasida esa bu madaniyat biroz farq qiladi. Bu millatlarning choy tayyorlash usullari xitoy madaniyatidan o'zlashtirgan holda tayyorlanadi. Masalan, ichimlik tuzi va sariyog ' bilan birgalikda tayyorlanadigan Tibetda bu yaqqol namoyon boladi .Choyni kichik shaxsiy yig'ilishlarda ( choy partiyalari ) yoki jamoat joylarida (ijtimoiy muloqot uchun mo'ljallangan choyxonalarda ) ichish mumkin.

Peshindan keyin choy ichish -Biritaniyada keng tarqalgan inglizlarning eng yaxshi odatlaridan biri. Britaniya imperiyasi choyning o'ziga xos talqinini o'zining hukmron davlatlari va mustamlakalari orasida , shu jumladan Gonkong, Hindiston va Pokistonning zamonaviy hududlariga, ilgari choy odatlari mavjud bo'lgan hududlarga va shuningdek, Sharqiy Afrika (hozirgi Keniya) kabi mintaqalarga tarqatdi. O'sha davrda choy ichish odat tusiga kirmagan hududlarga( Tanzaniya va Uganda) va Tinch okeanidagi ( Avstraliya va Yangi Zelandiya ) xalqlariga ham buni odat tusiga aylantirdi . Choyxona yoki choy ichiladigan maxsus joylar , Irlandiya, AQSH va Millatlar Hamdoʻstlik Davlatlarining koʻplab shaharlarida ochilib,aholi gavjum bolgan dam olish maskanlariga aylandi.

Turli mintaqalar aholisi choyning turli navlarini - oq, sariq, yashil, oolong, qora yoki fermentatsiyalangan (quyuq) turlarini sevib iste'mol qilishadi va giyohli o'tlar, sut yoki shakar kabi turli xil lazzatbaxsh maxsulotlarni qo'shib iste'mol qilishni afzal ko'rishadi.Keyinchalik turli joylarda choyning harorati va kuchi ham juda katta farq qiladigan bo'ldi.

SHARQIY OSIYO



xitoy




Xitoy jamiyati va madaniyatida choyning ahamiyati juda yuqori bo'lganligi tufayli choyxonalarni ko'plab Xitoy mahallalaridan tortib toki Xitoyning chekka hududlarigacha topish mumkin. Xitoy uslubidagi choyxonalarda issiq va sovuq choyning o'nlab turlarini uchratish mumkin/. Shuningdek, ular choyga mos keladigan ya'ni choybob bo'lgan turli xil gazaklarni yoki shirinliklarni taqdim qilishlari mumkin.Kunning ikkinchi yarmidan boshlab, odatiy xitoy choyxonalari ko'pincha talabalar va ishbilarmonlar bilan gavjum bo'ladi, keyin esa tunda uyqusizlar va kunduzi ishlab kechqurun dam oladiganlar uchun sevimli maskanga aylanadi.

Ba'zi joylarda rasmiy choyxonalar ham mavjud. Ular bir qator xitoy va yapon choy barglari, shuningdek, choy tayyorlash uchun jihozlar va gazak taomlarining yaxshiroq turlarini o'z mijozlariga taqdim etadi. Va nihoyat, Xitoyning bi qancha bozorlarida choy barglari, kostryulkalar va boshqa tegishli jihozlarni sotishga mo'ljallangan choy sotuvchilari mavjud. Choy Xitoy madaniyatining muhim jihati bo'lib, (Xitoy) kundalik hayotning ettita ehtiyojida qayd etilgan.

Tang sulolasi davrida, Lu Yu soyali tepaliklar ostida o'sadigan o'simliklar ta'msiz ya'ni sifatsiz choy yetishtirishini isbotladi.Bu ko'pincha qorin shishishi kabi turli xil kasalliklarga olib kelishi mumkin . O'sha paytda choy tayyorlashning keng tarqalgan usullari suv va choy barglarini bir vaqtning o'zida qaynatish edi. Mangalda birinchi bo'lib qozondagi suv qizdiriladi., Bu o'sha paytda "baliq ko'zlari" deb ta'riflangan. Choyning ta'mini yaxshilash uchun suvga tegishli tuzlar qo'shildi.Tayyorlangan choy mizojlarga taqdim etiladi.

Andoza:Teas

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz