Chou Stiven
Chou Stiven — Gonkonglik komediyachi, ssenariynavis, rejissyor va prodyuser.
Biografiyasi
Stiven Chou 1962-yil 22-iyunda Koulun shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. U toʻrt farzandning yagona oʻgʻli edi. Chou oʻzining ilk yillarini Shanxayda opa-singillari bilan oʻtkazgan, u yerda Bryus Li misolidan ilhomlanib, jang sanʼati bilan shugʻullangan. 1982-yilda oʻrta maktabni tugatgandan keyin, Stiven TVBda aktyorlik kursiga oʻqishga kirdi. Bir yildsn soʻng, u oʻzidan oldin Toni Leung tomonidan olib borilgan „Space Shuttle 430“ bolalar telekoʻrsatuvida boshlovchi rolini egalladi. Bu lavozimda ishlagan olti yil davomida u: bemaʼni iboralar va harakatlar, parodiyalar, ikkilamchi qoʻshiqlar va Xitoy madaniyatining jihatlari haqida hazillar atrofida aylanadigan „mo lei tau“ komediya uslubini ishlab chiqgan. 1980-yillarning oxirida Chou koʻp filmlarda rol ijro eta boshladi. Uning katta ekrandagi yutugʻi „Oxirgi adolat“ kriminal trilleri boʻlib, u 1988-yilda „Gold Horse“ Tayvan kinofestivalida mayda firibgar roli uchun „Eng yaxshi yordamchi aktyor“ mukofotini qoʻlga kiritgan.
1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlari Chou uchun juda voqealarga boy boʻldi. 1989-yilda u Jon Vuning filmida rol oʻynadi va „Ajdaho jangi“ filmida qahramon Jet Lining baxtsiz muxlisi rolini ijro etdi. Chou oʻzining birinchi asosiy rolini 1990-yilda „Hammasi gʻolib uchun“ filmida oʻynadi. Ushbu film Stiven Chouning Mangtat bilan hamkorligini boshladi, u Chowning koʻplab filmlarida yordamchi qahramonlarni oʻynashni davom ettirdi. 1991-yilda Chou Gonkong kino tarixidagi eng yuqori daromad keltiruvchi film boʻlgan „Maktabga qaytish“ filmida rol ijro etdi, ikkita davomini yaratdi va Chow „Honkong movi award“ nominatsiyasini qoʻlga kiritdi. Undan keyin klassik xitoy jang sanʼati filmlariga parodiya qiluvchi komediyalar („Gʻazab mushti“), libosli tarixiy filmlar („Tilanchi qirol, taqiqlangan shahar qoʻriqchisi“) hamda xitoy dostonlari („Xitoy Odisseyi“) da rol ijro etishni boshladi.
1993-yilda suratga olingan „Majnun rohib“ filmi ustida ishlayotgan chogʻida suratga olish jarayonida ssenariyga oʻzgartirishlar kiritishga uringan Chou rejissyor Jonni To bilan ijodiy kelishmovchiliklarga duch keladi. Film kassada tushib ketadi va Chou oʻz filmlari ustidan koʻproq nazorat qilish kerak deb qaror qiladi. 1994-yilda u bir vaqtning oʻzida ikkita filmda rejissyor sifatida debyut qildi — „Muhabbatni etkazib berish“ hamda „Sevgi bilan Xitoydan“ (Jeyms Bond filmlarining parodiyasi), ular katta tijorat muvaffaqiyatlari bilan birga boʻldi. Chow oʻzining „Star Overseas“ nomli prodyuserlik kompaniyasini tuzdi. Shu bilan birga uchta filmini chiqardi.
1990-yillarda Jeki Chan bilan birga Stiven Chou Osiyo bozorida eng koʻp daromad keltiruvchi aktyorlardan biri boʻlgan, biroq uning filmlari Gʻarb tomoshabinlariga deyarli nomaʼlum edi. Vaziyat 2001-yilda, uning syujeti anʼanaviy xitoylik jang sanʼati ustalarining futbol chempionatidagi ishtirokiga asoslangan yangi „Shaolin futboli“ filmi chiqqandan soʻng oʻzgara boshlagan edi. Film Osiyoda 46 million dollar ishlab topdi va Chowga ikkita Gonkong kino mukofoti topshirildi. 2003-yilda „Miramax Films“ „Shaolin Futboli“ filmi uchun AQSh distribyutorlik huquqini sotib oldi. Amerikalik tanqidchilar Chou haqida yozishni boshladilar va rejissyor Kventin Tarantino uni kinodagi eng yaxshi komediyachilardan biri deb atadi.
Chowning navbatdagi filmi, gangster harakati va jang sanʼatlari haqidagi filmlar, "Kung Fu Showdown „ 2004-yilda chiqarilgan. U jami 100 million dollardan ortiq daromad keltirdi, eng yaxshi chet tilidagi film uchun Britaniya kino mukofotiga nomzod boʻldi va Chow rejissyorlik uchun 'Gold Horse“ mukofotiga sazovor boʻldi. „Shaolin Futboli“ va „Kung Fu Showdown“ ham eng yaxshi film uchun Gonkong kino mukofotini qoʻlga kiritga edi.
Manbalar
uz.wikipedia.org