CHO’T



CHO’T (ruscha schyot so’zidan) — arifmetik hisoblash (qo’shish va ayirish, bo’lish, ko’paytirish) uchun ishlatiladigan eng sodda asbob. Birinchi taxta Cho’t Rossiyada 16-asrda paydo bo’lgan. 18-asr boshlarida Cho’t hozirgi ko’rinishini olgan. Rus Cho’tlari sobiq Ittifoq davlatlari hamda Eronda ishlatilgan. Shuningdek, Xitoy Cho’ti (suanpan) ham bor, ular Xitoy va Yaponiyada qo’llanilgan, Xytoy Cho’ti rus Ch.idan ancha ilgari yaratilgan bo’lib, hozirgacha ham o’zining 5 birlikli sanog’i bilan qadimiy tuzilishini saqlab qolgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz