Choshtepa koʻchasi (Toshkent)




Choshtepa koʻchasi  — Sergeli tumani hududida, Yangi Sergeli koʻchasi bilan Toshkent viloyatining Erkin qoʻrgʻoni oraligʻida joylashgan. Uzunligi 6 km atrofida. Qadimiy karvon yoʻllaridan biri. Tarkibida 11 ta tor koʻcha va 3 ta berk koʻcha bor.

Tarixi



Chor Rossiyasi davrida pochta yoʻli sifatida foydalanilgan. Keyinchalik Katta Oʻzbekiston traktining bir qismi boʻlgan. 1967-yil 17-oktyabrda yoʻnalishidagi tarixiy obida — Choshtepa nomi berilgan.

Binolar



Yoʻnalishida 11-poliklinika, yoʻl-qurilish boshqarmasi, savdo va umumiy ovqatlanish maskanlari, avtobazalar, 2-jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga bagʻishlab oʻrnatilgan yodgorlik, „Shin-Don“ Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi, bir nechta kichik va oʻrta biznes subʼektlari, maʼmuriy va shaxsiy turar joy binolari va boshqalar joylashgan. Mustaqillik davrida koʻchada rekonstruktsiya ishlari olib borilgan.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz