Choshtepa
Choshtepa (ruscha: Чачтепа) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan.
Etimologiyasi
Shaharcha nomi chosh va tepa soʻzlarining birikishidan tarkib topgan. Chosh bu eski turkiychada xirmon qilingan joy, omborxonadagi bugʻdoy, arpa singari donli mahsulotlarning uyib tepa qilib qoʻyilgan holati, ustki qismi ucli, iqrrali shaklda toʻplangan don-dunlar maʼnosida qoʻllaniladi. Ochiq joylardagi tuproq, toshlardan uyum qilib hosil qilinadigan tepalik, doʻngliklar, tuproq uyumi yoki eski qoʻrgʻon qoldiqlarining usti tuproq bilan yopilgan doʻngligi Choshtepa deb ataladi. Choshtepalar odatda mudofaa va nazorat uchun barpo etiladi hamda shahar yoki qishloqdan uncha uzoq boʻlmagan hududda yoki qishloqlar oraligʻida quriladi.
Shunga koʻra, Choshtepa bu yasama, sunʼiy tuproqdan qilingan tepalik yaqinidagi qishloq, shaharcha maʼnosida qoʻllaniladi.
Oʻxshash joy nomlari
Oʻzbekiston Respublikasida bir nechaa tepaliklar Choshtepa nomi bilan ataladi (Qashqadaryo viloyati). Shuningdek shu nomdagi mahalla, guzar, metro bekati nomlari ham mavjud.
Aholisi
1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Oqtepa shaharchasida 3.4 ming nafardan ortiq inson yashagan. Bu 3 yil avvalgi hisob-kitob natijasidan 300 taga ortiqdir.
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etsa ham, shaharchada tojik, qozoq, qoraqalpoq va boshqa millat vakillari yashaydi.
Iqlimi
Choshtepa shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yillik oʻrtacha harorat 14,7° C ni tashkil etadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 0,8° C ga, eng past harorati esa —26° C ga teng.
Iyul oyining oʻrtacha harorati 28° C, eng yuqori harorati 43° C.
Yogʻin miqdori
Shaharcha hududiga yiliga oʻrtacha 545 mm miqdorida yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 219 kun davom etadi
Manbalar
uz.wikipedia.org