Chorvoq Ges
Chorvoq GES — Chirchiq daryosida, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Xoʻjakent qishlogʻi yaqinida joylashgan. Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. GESda umumiy quvvati 620,5 MVt boʻlgan 4 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1963 yilda boshlangan. 1970-yil 1 dekabrda quvvati 150 MVt boʻlgan radial turbinali 1gidroagregat, 1972-yilda oxirgi — 4gidroagregati ishga tushirilgan. GESdan 220 kV li uzatish liniyalari orqali sanoat korxonalari elektr quvvati bilan taʼminlanadi. Oʻrta Osiyo "Energiya" birlashgan energetika tizimiga ulangan. 2003-yilda 2470,1 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Yana qara
Manbalar
uz.wikipedia.org