CHORVOQ GES



CHORVOQ GES — Chirchiq daryosida, Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Xo’jakent qishlog’i yaqinida joylashgan. O’rta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. GESda umumiy quvvati 620,5 MVt bo’lgan 4 gidroagregat o’rnatilgan. GES qurilishi 1963 yilda boshlangan. 1970 yil 1 dekabrda quvvati 150 MVt bo’lgan radial turbinali 1gidroagregat, 1972 yilda oxirgi — 4-gidroagregati ishga tushirilgan. GESdan 220 kv li uzatish liniyalari orqali sanoat korxonalari elektr quvvati bilan ta’minlanadi. O’rta Osiyo “energiya” Birlashgan energetika tizimiga ulangan. 2003 yilda 2470,1 million kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz