Choruxdayron volfram koni




Choruxdayron volfram koni — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi kon. Xoʻjand shahridan 18 km shim. da Qoramozor togʻlarida, Qurama antiklinali sistemasidagi Moʻgʻultogʻ antiklinalining shim.sharqiy qismida joylashgan. Rudalarning mineral tarkibi — skapolit, sheyelit, apatit, molibdenit, xalkopirit, kamroq piritdan iborat. Morfologiyasi boʻyicha kondagi ruda tanalari, har xil oʻlcham va qalinlikdagi tomirli va tomirsimon jismlardan tarkib topgan. Choruxdayron volfram konik., asosan, qazib olingan boʻlib, parametrlari boʻyicha oʻrtacha konlarga mansub.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz