Chorsu




Chorsu (forschadan chor — "toʻrt", su —"bozor"; chorrahadagi bozor joy) — 1) tarixiy shaharlarning asosiy chorrahasidagi odatda usti yopiq boʻlgan savdosotiq joyi; aksari shaharning oʻrtasida qurilib, markaziy mujassamotga ega boʻlgan; 2) umuman savdosotiq joyi. Ularning paydo boʻlishi shaharning oʻzi kabi qadimiydir. Misrda "shahar" maʼnosi doyra ichidagi chorraha shaklidagi iyeroglif orqali ifodalangan. Qad. Rim shaharsozligida chorraha maxsus imorat (tetrapil)lar bilan ajratilgan. Bolqon mamlakatlari meʼmorligida Chorsu nomi "charshiya" deb talaffuz etiladi (masalan, Makedoniyadagi Skople va Bitola shaharlarining qadimgi bozorlari). Shahrisabzda Chorsularning yaqqol namunasi saklangan. Samarqand Chorsusi ham tarixiy shaharning savdosotiq markazida, olti asosiy koʻchayoʻnalishlarning kesishgan joyida barpo boʻlgan (qarang Chorsoʻ). Buxoroda Chorsular "toq" iborasi bilan mashhur: Toqi zargaron, Toqi sarrofon va boshqa Toshkent, Shahrixon kabi shaharlarda Chorsu binolari sinchdan, yassi tomli qilib ishlangan (saqlanmagan). Xivada Chorsu doʻkonlari koʻproq Ota va Polvon darvozalar koʻchalari boʻylab joylashgan edi.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz