Choʻrma
Choʻgirma (xorazm shevasida:
Choʻrma ) — Xorazm erkaklarining an’anaviy bosh kiyimi. Yumaloq shakl berib tikiladigan katta moʻyna telpak. Toʻgalak, sherozi va silkma nomli 3 ta turi mavjud. Xorazm va Qoraqalpogʻistonda rasm boʻlgan. Cho‘girma, soʻzi oʻzbek tilining xorazm shevasiga mansub boʻlib, oʻzbek adabiy tilida ekvivalenti mavjud emas.
Sanʼatda
Xorazmlik musiqachi va hofizlar choʻgirma an’anaviy bosh kiyimini koʻplab yirik tadbirlarda kiygan holda oʻz sanʼatlarini namoyish etishadi. Erkaklar lazgi raqsini ijro etishda ham asosan choʻgirma kiyishadi.
Xorazm raqslari ichida choʻgirmadoʻzlarga atalgan „Choʻgirma tikish“ nomli oʻxshatma raqs bor boʻlib, unda choʻgirma tikish jarayoni namoyish etiladi. „Choʻgirma tikish“ oʻxshatma raqsi „Gul ifori“ deb nomlanuvchi hazilomus raqsning „Taqlid ifori“ janriga kiradi. Uni milliy anʼanaviy mazharabozlik teatri artistlari — masxarabozlar ijro etishadi. Bunda artistlar bayram va sayllarda choʻgirma tikuvchilarining choʻgirmadoʻzlikka doir ishlarini kulgili bir tarzda raqsga tushib koʻrsatib berishaqdi. „Choʻgirma tikish“ raqsi Xorazmda mashhur boʻlgan „Bir aktyor teatri“ nomerlaridan biridir.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org