Chordae tendineae




Yurakni paysimon ipchalari (Chordae tendineae) xalq tilida yurak torlari deb nomlanuvchi, tolali biriktiruvchi toʻqimaning elastik boʻlmagan ipchalari boʻlib, ular soʻrgʻichsimon muskullarni yurakni uch tabaqali va mitral qopqoq bilan bogʻlab turadi

Tuzilishi



Yurakni paysimon ipchalari boʻlmacha va qorinchalar orasidagi qopqoqlarni (uch tabaqali va mitral qopqoq) qorincha ichidagi soʻrgʻichsimon muskullar bilan bogʻlaydi. Bir nechta paysimon ipchalarni har bir qopqoqlar tepasiga birikadi. Paysimon ipchalar nozik tuzilishda elastinni oʻz ichiga oladi, ayniqsa ularning chetida koʻp.

Todaro payi



Todaro payi pastki kava venaning Evstaki qopqogʻi va koronar sinusning Tebesian qopqogʻining davomi hisoblanadi. Koronar sinusning ochilishi va uch tabaqali qopqoqning toʻsiq choʻqqisi bilan birga u Koch uchburchagini hosil qiladi. Koch uchburchagining tepasi AV tugun (boʻlmacha va qorincha orasidagi tugun) .

Funktsiya




Boʻlmachalar sistola paytida qon boʻlmachadan qorinchalarga bosim gradienti boʻylab oqadi. Paysimon ipchalar (Chordae tendineae) boʻshashadi, chunki boʻlmacha va qorinchalar orasidagi qopqoqlar (uch tabaqali va mitral qopqoq) majburiy ochiladi

Yurak qorinchalari qorincha sistolasida qisqarganda, ikkala kamerada ham koʻtarilgan qon bosimi boʻlmacha va qorinchalar orasidagi qopqoqlarni bir vaqtning oʻzida yopib qoʻyadi, bu esa qonning boʻlmachaga teskari oqimini oldini oladi. Boʻlmachadagi qon bosimi qorinchalarga qaraganda ancha past boʻlganligi sababli, qopqoqlar past bosimli hududlarga oʻtishga harakat qiladi. Paysimon ipchalar tarang boʻlib, qopqoqlarni tortadi va ularni yopiq holatda ushlab turadi.

Klinik ahamiyati



Paysimon tolalarni uzilishi



Yurak qopqoqlari zararlanganda masalan, infeksion endokarditda paysimon ipchalar uzilishi mumkin. Bu xavfli mitral yetishmovchilikka olib kelishi mumkin.

Parashutli mitral qopqoq



Parashut mitral qopqoq mitral qopqoqning barcha paysimon ipchalari bitta soʻrgʻichsimon mushak bilan birikgan boʻladi. Bu erta yoshda mitral qopqoq stenoziga (torayib qolishiga) sabab boʻladi. Bu kamdan-kam uchraydigan tugʻma yurak nuqsonidir. Koʻpincha mitral yetishmovchilikka sabab boʻlsa-da, hech qanday asorat koʻrsatmasligi mumkin.


Qoʻshimcha rasmlar




Yana qarang




Manbalar



Andoza:Heart anatomyYurak anatomiyasi

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz