Chorbog`




Chorbogʻ — sharq mamlakatlarida atrofi devor bilan oʻrab olingan koʻshk, ayvon, qoʻrgʻonli tartib asosida tuzilgan bogʻ.

Chorbogʻ uchun tekis, suvli, daraxtli joy tanlanadi; notekis (nishabli) joylar pogʻona-pogʻona sahnlarga keltiriladi, sunʼiy sharsharalar qilish imkoniyatlari yaratiladi. Chorbogʻ murabba yoki toʻrtburchak tarhli boʻlib, kirish har toʻrt tarafning oʻrtalaridan tashkil etiladi; hududi yoʻlka va ariqlar yordamida ayrim bogʻchalarga, bogʻchalar esa yana oʻz navbatida chamanzorlarga boʻlinib, chorchamanlarni tashkil qiladi. Chorbogʻ mujassamotining markazini bino (qoʻrgʻon, koʻshk) egallaydi. Baland boʻyli daraxtlar devorga yaqin ekiladi, undan soʻng mevali daraxtlar va gullar tartib bilan ekiladi, ularning erta bahordan kech kuzgacha ochilib turishiga eʼtibor beriladi. Bino mujassamoti chorbogʻni turli nuqtalardan koʻrish imkonini beradigan tarzda, 1—2 qavatli, markaziy mujassamotli qilib quriladi: oʻrtada atrofini ayvonlar oʻrab olgan chordara xona boʻlib, 2-qavatga bino burjlaridagi zinalar orqali chiqiladi. Suv inshootlaridan katta ariqlar va hovuzga suv keladi, hovuz shakllari hamda favvoraga alohida eʼtibor beriladi. Chorbogʻda, shuningdek, oʻtov, chodir kabilarni oʻrnatish uchun joylar ajratiladi. Chorbogʻdagi qushlar (masalan, tustovuq, tovus va boshqalar) unga oʻzgacha koʻrk bagʻishlaydi.

Chorbogʻ qadimdan yaratilib kelingan, Temuriylar va Boburiylar davrida ravnaq topgan, mohir bogʻsoz ustalar yetishib chiqqan. Jumladan, XVI asrda yashagan hirotlik Mirak Sayid Gʻiyos bogʻ rejasini tuzish, yer osti inshootlarini loyihalashga moxir boʻlgan, uning Buxoroda ham Ubaydullaxon uchun bogʻ barpo qilgani manbalardan maʼlum. XIII asr oxiriga oid risolada, XVI asrda qayta koʻchirilgan "Irshod uzziroat fi ilmilhirosat" risolasida chorbogʻ yaratish haqida qimmatli maʼlumotlar bayon qilingan, hatto risolaning bir bobi "Koʻchat, gul, daraxt, muattar oʻtlar oʻtkazish, chorbogʻga tartib berish va uni barpo qilishda izchillikka rioya qilish" deb ataladi. Risolada chorbogʻning eng maqbul turi keltiriladi hamda turli tavsiyalar bilan birga mujassamotda simmetriya, ritm, rang kabi masalalarga aloxida ahamiyat berilib, mevali daraxtlarga keng oʻrin ajratiladi.

Chorbogʻ XIX asrning 2-yarmi — XX asrning boshlarida ham bunyod etilgan (Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Qoʻqon xonining Oyim qishlogʻidagi, Xivadagi Nurullaboy chorbogʻlari va boshqalar).

Yana qarang






uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Chorbog‘ haqida ma’lumot

Chorbog‘ – bu O‘zbekistonda, shuningdek, boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan bog‘ yoki bog‘cha turidir. So‘zning o‘zi fors tilidan kirib kelgan bo‘lib, "to‘rt bog‘" yoki "to‘rt qismga bo‘lingan bog‘" degan ma’noni anglatadi. An’anaviy chorbog‘ tuzilishi to‘rt qismga bo‘lingan maydonni o‘z ichiga oladi, bu esa o‘ziga xos tartib va go‘zallikni yaratadi.

Chorbog‘ning tarixi va ahamiyati

Chorbog‘ qadimiy sharq bog‘lari madaniyatida muhim o‘rin tutadi. Ushbu bog‘lar qadim zamonlarda shohlar va elchilar uchun yaratilgan bo‘lib, ular erkin dam olish, sukunat va tabiatni qadrlash joyi hisoblangan. Chorbog‘ konsepsiyasi qadimgi fors bog‘lari dizaynidan kelib chiqqan bo‘lib, ular odatda markazida suv havzasi yoki favvora bo‘lib, undan to‘rt tomonga tarmoq chiziqlari tarqalgan.

Chorbog‘ning asosiy xususiyatlari

O‘zbekistondagi chorbog‘lar

O‘zbekistonda tarixi bo‘yicha Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar chorbog‘larning ajoyib misollariga boydir. Ushbu shaharlardagi tarixiy bog‘lar, masalan, Shohi Zinda majmuasi yaqinidagi bog‘lar yoki Registon maydonining yonidagi bog‘lar, chorbog‘ an’analarini aks ettiradi.

Chorbog‘ning madaniy va amaliy ahamiyati

Xulosa

Chorbog‘ – bu nafaqat estetik jihatdan chiroyli bog‘ turidir, balki sharqiy bog‘sozlik madaniyatining muhim qismidir. U milliy an’analarga tayangan holda tabiat va odamlar orasidagi uyg‘unlikni ifodalaydi, shuningdek, O‘zbekistondagi tarixiy va madaniy boyliklarni o‘zida mujassamlashtiradi. Chorbog‘lar bugungi kunda ham o‘zining madaniy va amaliy ahamiyatini yo‘qotmay, ko‘plab bog‘bonlar va sayyohlar tomonidan qadrlanib kelmoqda.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz