Chorbaqqoli koʻchasi




Chorbaqqoli koʻchasi — tarixiy nom. Joyning toʻliq tarixiy nomi Chorbaqqoli Darvozayi Oʻgʻlon, yaʼni „Oʻgʻlon darvozasi oldidagi bozorcha“. Aholisi yogʻoch ustachilik va un savdosi bilan shugʻullangan. Oʻgʻlon darvozasi Oʻgʻlon madrasasiga tutash boʻlgan. Sovet davrida darvoza ham, madrasa ham buzib tashlangan. Darvoza yaqinida Oʻgʻlon Ato qabri joylashgan. Darvoza nomi shundan olingan. Guzar 1887-yilga oid vaqfnomada tilga olinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz