Chorasano tiurkų kalba




Xuroson-turkiy tili (turkiy xurosoní) — shimoli-sharqiy Eronning Xuroson viloyatidagi turkiyzabon xalqning tili.

Xuroson-turkiy tili oʻzbek tilining xorazm (oʻgʻuz) shevasi va turkman tiliga yaqin boʻlgan holda turkiy tillar oʻgʻuz guruhining sharqiy tarmogʻiga mansub tildir. Tilshunoslar xuroson-turkiy tilini ozarbayjon va turkman tillarining, uning ham, buning ham shevasi boʻlmagan oraliq nutq deb hisoblaydilar..

Eronda xuroson-turkiy tilida Bojnurd, Sebzavor, Guchan va Mashhad shaharlari atrofida yashovchi taxminan 400 ming kishi soʻzlashadi.

Bu tilda 9 unli va 24 undosh fonema mavjud. Soʻz shakllanishiga unli tovushlar uygʻunligi (singarmonizm) xosdir. 7 ta kelishik mavjud (birgalik kelishigiga kiritilgan -nan/-næn shakli boshqa oʻgʻuz tillaridagi «ot. + koʻmakchi ile/ilæ» formulasiga mos keladi). Feʼllar shaxslar, sonlar, vaqtlar, nisbatlar va turlar boʻyicha oʻzgaradi.

Yana qarang




Eslatmalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz