Choponota koʻchasi (Toshkent)
Choʻponota koʻchasi — Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarini bogʻlab turuvchi koʻcha hisoblanadi. Usmon Nosir va Lutfiy koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 4 km atrofida.
Tarixi
20-asrning 50-yillarida tashkil topgan. Dastlab Stalingrad nomi bilan yuritilgan. 1962-yil 12-iyulda Volgograd nomi berilgan. 1997-yil 18-dekabrdan Choʻponota nomi bilan yuritiladi.
Binolar
Yoʻnalishida „Birodarlik“ yodgorlik majmuasi, Chilonzor 2- , 6-, 8-, 9-turar joy mavzelari, „Umid“ dahasi, Respublika xoʻjalik sudi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyat prokuraturasi, tuman ichki ishlar boshqarmasi, Koʻzi ojizlar jamiyati, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, „Favvora“ restorani, Operetta teatri, „Kutbiniso“ supermarketi, „Malika“ mehmonxonasi, Huquqshunoslik kasb-hunar kolleji, „Oʻzgiprooʻrmonloyiha“ instituti, „Mirzo Ulug'bek“ metro bekati, Standartlashtirish markazi, kichik va oʻrta biznes subʼektlari, shaxsiy va koʻp qavatli turar joy binolari va boshqalar joylashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org