Chopiq qilinadigan ekinlar




Chopiq qilinadigan ekinlar — oʻsishi va hosil berishi uchun katta oziq maydoni, namlik va qator oralariga ishlov berish (tuproqni yumshatish), zararkunandalar, begona oʻtlar va kasalliklarga qarshi kurashni talab etadigan ekinlar. Texnika ekinlari — gʻoʻza, tamaki, kanop, qand lavlagi; don ekinlari — joʻxori, marjumak, makkajoʻxori; moyli ekinlar — kungaboqar; sabzavot ekinlari, kartoshka, ozuqabop ildizmevalilar, poliz ekinlari (qovun, tarvuz, bodring va boshqalar) chopiq qilinadi. Bularning urugʻi (koʻchati) keng qatorlab (qator oralarini 60—90 sm qilib) ekiladi. Oʻsuv davrida qator oralari kultivator yoki ketmon bilan 2—6-marta yumshatiladi, pushtalari chopiladi, oʻtoq qilinadi, 2—9-marta sugʻoriladi. Chopiq qilinadigan ekinlar ekilgan yerda tuprokning mikrobiologik faolligi ortadi, oziq modsalar koʻp toʻplanadi.



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz