Chopgʻun




Chopqun , chopgʻun — oʻrta asrlarda aksariyat harbiy harakatlar chogʻida qoʻshinning oziq-ovqati, yemxashagi va boshqa ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, qamalda qolgan shahar, qishloq, qalʼa, qoʻrgʻon va hisor mudofaachilari tinkasini quritish maqsadida tevarakatrofdagi joylarga qilingan talonchilik amaliyoti. Ch.da bir necha yuzdan bir necha minggacha otliq jangchilar — chopqunchilar ishtirok etgan. Ch. vaqtida qoʻlga kiritilgan barcha narsalar, jumladan, bandilar qarorgohga oʻlja qilib olib kelingan. Bobur Afgʻoniston va Hindiston yurishlari vaqtida Ch.dan unumli foydalangan. Tarixiy manbalarning qayd etishicha, 1502-yil Shayboniyxon Hisor va Chagʻoniyon ustiga lashkar tortib borganida, Hisor tevarakatrofini Ch. qilgan. Uning chopqunchi (yurtovul)lari 100 ming qoʻy, 50 ming ot, 50 ming asir va boshqa narsalarni oʻlja sifatida xon qarorgohiga olib kelganlar. 1505-yil Shayboniyxon Xorazm voliysi Chinsoʻfiga qarshi otlanganda 5 ming askardan iborat chopqunchini Xiva atrofidagi qishloklarni talash uchun tayinlaydi. Ch. natijasida 100 mingdan ortiq qoramol, qoʻy, ot va boshqa qoʻlga kiritilgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz