CHOPAR
CHOPAR — otliq xabarchi. O’tmishda Sharqda, xususan, O’rta Osiyoda davlat ahamiyatiga molik va shoshilinch xabarlarni yetkazuvchi otliq. Chopar hokim, viloyat beklari yoki hodisa sodir bo’lgan joyning oqsoqollari tomonidan tayinlangan. Ko’pincha Choparlar muhim xabarlarni estafeta tariqasida yetkazganlar. Choparlar uchun yo’l ustidagi manzilgoxlar (rabot, bekat, yom) da maxsus ot, ulov ajratilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz