Chomga
Chomga , katta qoʻngʻir (Podiceps cristatus) — qoʻngʻirsimonlar turkumiga mansub qush. Uz. 54—60 sm. Bahorda nari va modasi boshining ensa qismidagi uzun patlari boʻynidan orqaroqda hurpaygan kokil va boʻyinbogʻ hosil qiladi. Yevroosiyo, Afrika, Avstraliya, shuningdek, Kaspiy dengizi va Oʻrta Osiyo suv havzalarida tarqalgan. Koʻllarda suzuvchi uya quradi; 3—4 ta tuxum bosadi. Urchish davrida har xil murakkab xattiharakatlar namoyish etib, juft hosil qiladi.
uz.wikipedia.org