CHOMGA, katta qo’ng’ir (Podicers cristatus) — qo’ng’irsimonlar turkumiga mansub qush. Uzunligi 54-60 santimetr. Bahorda nari va modasi boshining ensa qismidagi uzun patlari bo’ynidan orqaroqda hurpaygan kokil va bo’yinbog’ hosil qiladi. Yevroosiyo, Afrika, Avstraliya, shuningdek, Kaspiy dengizi va O’rta Osiyo suv havzalarida tarqalgan. Ko’llarda suzuvchi uya quradi; 3-4 ta tuxum bosadi. Urchish davrida har xil murakkab hatti-harakatlar namoyish etib, juft hosil qiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish