CHO’LYALPIZ
CHO’LYALPIZ (Ziziphora tenuior L.) — labguldoshlar oilasi, kiyiko’tlar turkumiga mansub bir yillik o’t turi. Poyasi tik, asos qismidan shoxlangan, gullari och sapsar rang, boshoqsimon to’pgul hosil qiladi. May—iyun oylarida gullab, iyul—avgustda meva tugadi. Cho’llarda, adirlarda, tog’larning o’rta mintaqalarida shag’alli va toshli tuproqlarda o’sadi. Sug’orilmaydigan bahorikor ekinlar orasida begona o’t sifatida uchraydi. Efirmoyli o’simlik. Cho’lyalpiz.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz