Cho`lponota




Choʻlpon-ota (qirgʻizcha: Чолпон-Ата) — Qirgʻiziston Respublikasi Issiqkoʻl viloyatidagi shahar (1957-yildan). Issiqkoʻl koʻlining shim. sohilida. Aholisi –10 500 kishi (2009). Shifobaxsh balneobalchiq va iqlimiy kurort. Yozi moʻtadil iliq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 17°), qishi yumshoq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi –3°). Yiliga 250 mm yogʻin tushadi. Iqlim terapiyasi, shifobaxsh balchiq va Issiqkoʻlning mineral suvi bor. Asab sistemasi, harakat va tayanch organlari kasallangan bemorlar davolanadi. Bolalar oʻpka sili kasalliklari sanatoriysi, kattalar sanatoriysi, suvbalchiq bilan davolash xonalari, sut kti bor.

Havolalar



Cho'lpon-Ota shahri haqida qisqacha ma'lumotnoma (Wayback Machine saytida 2008-05-02 sanasida arxivlangan)

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz