CHO’LPONOTA



CHO’LPONOTA — Qirg’iziston Respublikasi Issiqko’l viloyatidagi shahar (1957 yildan). Issiqko’l ko’lining shimol sohilida. Aholisi 1 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Shifobaxsh balneobalchiq va iqlimiy kurort. Yozi mo’tadil iliq (iyulning o’rtacha temperaturasi 17°), qishi yumshoq (yanvarning o’rtacha temperaturasi -3°). Yiliga 250 millimetr yog’in tushadi. Iqlim terapiyasi, shifobaxsh balchiq va Issiqko’lning mineral suvi bor. Asab sistemasi, harakat va tayanch organlari kasallangan bemorlar davolanadi. Bolalar o’pka sili kasalliklari sanatoriysi, kattalar sanatoriysi, suvbalchiq bilan davolash xonalari, sut kombinati bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz