Cholno`g`ay
Cholnoʻgʻay — oʻzbek urugʻlaridan biri. Asosan, oʻzbeklarning qipchoqqabilasining toʻqqizurugʻ (tugʻuzboy) guruhi tarkibiga kirgan. Dastlabki Cholnoʻgʻaylar 16— 17-asrlarda Dashti Qipchoqning gʻarbiy qismida Noʻgʻay xonligining yemirilishi natijasida har xil koʻchmanchi urugʻ va qabilalarning qoldiqlaridan vujudga kelgan. Soʻngra, Cholnoʻgʻaylar Dashti Qipchoq qabilalari tarkibiga kirganlar. 17-asrning oxiri — 18-asrning boshlarida qipchoqlarning katta bir guruhi Zarafshon vodiysiga joylashgan.
uz.wikipedia.org