Choliqushi
„Choliqushi“ (turkcha: Çalıkuşu) — turk yozuvchisi Reşat Nuri Güntekin qalamiga mansub roman. Ilk bor 1922-yil chop etilgan. Asarda yosh oʻqituvchi Farida va uning Komronga boʻlgan muhabbati haqida hikoya qilinadi.
Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta nashr qilingan.
1966-yil „Choliqushi“ asosida film suratga olingan. 1986- hamda 2013-yillarda esa asar asosida teleserial olingan. 1986-yilgi serial „Oʻzbektelefilm“ kinostudiyasida oʻzbek tiliga dublyaj qilingan.
Syujet
Romandagi voqealar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. Asarning bosh qahramoni Farida yoshligida ota-onasidan ajrab, hayotda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Farida oʻz xolasining oʻgʻli Komronni sevib qoladi. Kamron ham uni sevadi, ammo oilaviy shartlarga koʻra ular birga boʻla olmaydilar. Farida oʻqituvchi boʻlib ishlash uchun chekka qishloqqa ketadi. Asar soʻnggida ikki yosh nihoyat bir-biriga yetishadi.
Qahramonlar
Oʻzbekcha nashr
Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta, jumlaldan, 1968- hamda 1988- yillarda chop etilgan. Mazkur nashrlar Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Roman oxirida Miad Hakimov soʻngsoʻzi keltirilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org