Cholg'u yo'li
Cholgʻu yoʻli — 1) makom cholgʻu namunalarining umumiy ifodasi; 2) oʻzbek ashula va qoʻshiklarining muayyan musiqa cholgʻularida ijro etishga moʻljallangan koʻrinishi (mac, dutor yoʻli, surnay yoʻli va boshqalar); 3) atokli sozanda — bastakorlarning ijrochilikijodkorlik uslubiga xos asarlar (mac, "Saqili Islimxon" "Saqili Ashkullo", "Saqili Niyozjonxoʻja").
uz.wikipedia.org