Cho`lbair tog`lari




Choʻlbair togʻlari  — Surxondaryo viloyatidagi togʻlar. Hisor togʻ tizmasining janubi-gʻarbiy tarmoklaridan biri. Surxondaryoning ung irmoklari Holxanjar va Toʻpolondaryo orasida joylashgan. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 60 km dan koʻproq masofaga choʻzilgan. Bal. 1500-2500 m. Eng baland joyi 3812 m. Yon bagʻirlari asimmetrik tuzilishga ega. Janubi-sharqiy yon bagʻirlari ancha tik (1500 m gacha). Koʻplab daryo tarmoqlari bilan kesilgan. Choʻlbair togʻlari antiklinal tuzilishga ega, asosan, toshkoʻmir, perm, boʻr, paleogen, neogen davri choʻkindi togʻ jinslaridan tashkil topgan. Iqlimi kontinental. Yogʻin shimoli-sharqiy qismida 800 mm dan koʻproq. Yon bagʻirlaridagi boʻz, jigarrang, qoʻngʻir tuproklarda bugʻdoydoshlar, turli butalar oʻsadi, archazorlar, yongʻoqzorlar bor. Hududidan yaylov sifatida foydalaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz