Cho'l quyoni
Choʻl quyoni (
Lepus tibetanus ) – Oʻrta Osiyo, Shimoliy-Gʻarbiy Xitoy va gʻarbiy Hindiston yarim orolida uchraydigan quyon turi . Bundan tashqari u choʻl va yarim choʻllashgan oʻtloqli va butazorli hududlarida yashaydi. Bu quyon haqida kam maʼlumot bor. Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi uning muhofaza qilish holatini " kam tashvishli " deb baholanadi.
Tavsif
Choʻl quyoni – boshi kichik boʻlgan oddiy qurilgan tur. Uning boshi va tana uzunligi 400 dan 480 mm gacha (boshi 16-19 mm gacha). Dumi 87 mm dan 109 mm gacha (eni 3,4-4.3 mm) Yuqori qismlari talgʻir-sariqdan toʻq jigarranggacha va qora rangga boʻyalgan, son qismi kulrang, pastki qismlari sargʻish-oq. Koʻz terisi oqargan joy bilan oʻralgan va quloqlari keng boʻlib, ichi tukli tuklar bilan qoplangan va uchlari qora rangda. Old oyoqlari orqa oyoqlarning tashqi yuzalari kabi oq rangda. Orqa yuqori tomonida jigarrang-qora chiziq bor. Qishda moʻynasi qalinroq boʻlib, talgʻir-kulrang rangga ega boʻladi.
Tarqalishi va yashash joyi
Choʻl quyoni Oʻrta Osiyoda yashashga moslashgan, va uning tarqalishi Afg'oniston va shimoliy Pokiston dan Mongoliya,Shinjang Uygur Avtonom Viloyati, Gansu va Xitoyning Shimoliy Mongoliya hududigchaa uzaydi. Uni choʻllashgan, yarim-choʻllashgan, buta va daraxtlar bilan qoplangan maydonlarda yoki 3500- 4000 m ((11,500 yoki 13,100 fut) balandliklarda koʻzga tashlanishi mumkin.
Ekologiyasi
Choʻl quyoni oʻtxoʻr; uning ozuqa ratsionida ildizlar, barglar, poya, rezavorlar va urugʻlarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, baʼzida suv istemol qilish uchun kaktuslar bilan ham oziqlanadi. U asosan kechasi tushayotganda oziqlanadi, lekin baʼzan kun davomida paydo boʻladi. Boshqa quyonlar singari, u yerdan chuqur qazmaydi, balki sayoz chuqurliklarda bosh[pana topadi. Urgʻochilari yiliga 3 marotab, odatda har safar uchtadan oʻntagacha bolalaydi.
Holat
Choʻl quyoni keng koʻlamli tarqoqlikga ega, ammo populyatsiya soni va hajmi oʻzgarishi maʼlum emas. Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi uning tabiatini muhofaza qilish holatini " eng kam tashvishli " deb baholadi, chunki hech qanday tahdidlar aniqlanmagan va agar populyatsiya kichrayib ketayotgan boʻlsa ham, bu uning koʻrsatkichlari juda tez amalga oshmaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org