Choʻktirish usullari




Choʻktirish , chuktirish usullari — eritmadan yoki gazdan bir yoxud bir nechta kimyoviy komponentlarni kam eriydigan birikma (chukma) holida ajratib olish. Ch. kimyoviy analizda elementlarni ajratib olishda keng qoʻllanadi. Sifat va miqdor analizining koʻpgina usullari Ch.ga asoslangan. Modda eritmadan tegishli reagent qoʻshib choʻkmaga tushiriladi. Sanoatda (qarang Gidrometallurgiya) va analitik kimyoda, xususan, rangli metallarni elektrolitik Ch. usuli qoʻllanadi. Elektroliz yuli bilan metallargina emas, balki ularning oksidlari, mac, qoʻrgʻoshin qoʻsh oksid va marganets qoʻsh oksid — anodda, molibden va uran oksidlari — katodda chukmaga tushiriladi. Ch. biokimyo, sanitariyagigiyena va klinika lab.da ham qoʻllanadi.



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz