CHO’KTIRISH, cho’ktirish usullari — eritmadan yoki gazdan bir yoxud bir nechta kimyoviy komponentlarni kam eriydigan birikma (chukma) holida ajratib olish. Cho’ktirish kimyoviy analizda elementlarni ajratib olishda keng qo’llanadi. Sifat va miqdor analizining ko’pgina usullari Cho’ktirishga asoslangan. Modda eritmadan tegishli reagent qo’shib cho’kmaga tushiriladi. Sanoatda va analitik kimyoda, xususan, rangli metallarni elektrolitik Cho’ktirish usuli qo’llanadi. Elektroliz yuli bilan metallargina emas, balki ularning oksidlari, masalan, qo’rg’oshin qo’sh oksid va marganes qo’sh oksid — anodda, molibden va uran oksidlari — katodda chukmaga tushiriladi. Cho’ktirish biokimyo, sanitariya-gigiena va klinika laboratoriyada ham qo’llanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish