Chok




Chok  — 1) chevarlikda — tikish, qirqish, yamash, kashta gullarini tikishda hosil boʻladigan baxyalar tizmasi, buyumlarning tikib biriktirilgan joyi. Gazlama, charm, teri va boshqalarni tikishda biror buyumni naqshli kashtalar bilan bezash, kiyim tikishda qismlarini biriktirishda qoʻllaniladi. Chok qoʻlda (igna, angishvona, ilmokli soʻzon igna, bigiz va boshqa bilan) va tikuv mashinasida tikiladi. Chok tekis va pishiq chiqishida ipning sifati katta ahamiyatga ega. Agar ip yaxshi pishitilsa, chok tekis va zich chiqadi, ip xom pishitilgan boʻlsa, tarang tortilmay, chok gʻadirbudur boʻladi. Chokda tabiiy (ipak, paxta, jun) va sunʼiy tolalardan foydalaniladi. 19-asrgacha chok, asosan, qoʻlda tikilgan. 19-asrning 2yarmidan Yevropa mamlakatlarida chokni tikuv mashinada tikishga oʻtilgan. Choklar tikish texnikasi, rasmlar mujassamoti va gullari bilan birbiridan ajralib turadi. Badiiy kashtachilikda palak, soʻzana, gulkoʻrpa, zardevor, joynamoz va boshqa badiiy buyumlar qadimda turli xil chok bilan qoʻlda tikilgan. Hozir ham qoʻlda, ham maxsus popop mashinalarda tikilmoqda. Tikuvchilikda kiyim qismlarining ip yoki yelim yordamida biriktirilgan joyi chok hisoblanadi.

Vazifasiga koʻra, choklar biriktirish, zih va bezakpardozlash chokiga baxya, tepchima, yoyma, bosma, qayirma, quyma, qulf, uchmauch choklar kiradi. Hoshiya chok astarsiz va sitiluvchan gazlamalardan tikiladigan kiyimlarning qismlari, qirqimlarini ishlash uchun qoʻllaniladi.

Kashtadoʻzlikla eng koʻp tarqalgan choklar: kuppa, bosma, duroʻya (kanda xayol), chinda xayol, xomdoʻzi, yoʻrma, popur, iroqi, ilmoq, chamak bahya va boshqa; 2) mashinasozlikda metall qismlarning tutashtirilgan joylari; 3) binokorlikda — terilgan gʻishtlar, bloklarning oraligʻi, panelli uylarda panellar tutashgan joylar. Bino va inshootlarning bir qismini ikkinchisidan ajratadigan ensiz oraliq konstruktiv chok deyiladi. Bunday chok temperatura, choʻkish va seysmik chokga boʻlinadi. Tra choki temperaturaning oʻzgarishidan, choʻkish choki imoratning choʻkishidan vujudga keladigan qoʻshimcha zoʻriqishlarning oldini oladi, seysmik chok binolarni silkinishda buzilishdan asraydi. Amalda koʻpincha bu 3 ta chok vazifasini bitta chok bajaradi, yaʼni 3 ta chok oʻrniga bitta chok krldiriladi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz