Choi Jin-hyuk
Choi Jin-hyuk — aktyor (
Kim Tae ho , 1986-yil 9-fevralda tugʻilgan), u asli janubiy koreyalik. Aktyor „Gu Family Book“ va „The Voriss“ filmlarida ikkinchi darajali rollari tufayli omma eʼtiborini qozonadi, keyin esa „Favqulodda juftlik“, „Gʻurur va xurofot“, „Tunnel“, „Iblis jozibasi“, "Soʻnggi imperator" va „Rugal“ filmlarida bosh rollarda film uchun suratga tushadi.
Faoliyati
Kim Tae ho aktyorlik ishini 2006-yilda KBS reality — shousida Survival Star Auditionda bosh mukofotni qoʻlga kiritganidan soʻng, faoliyatini boshladi. U Choy Jin hyuk ismini sahna nomini sifatida 2010-yilda, oʻzining birinchi bosh rolini ijro etgan "Yaxshi emas, dadasining qizi" oilaviy dramasi namoyish etilishidan oldin foydalanishni boshlagan edi. U „Menga romantika kerak“ (2011-yil) va "Miss Panda va janob tipratikan" (2012-yil) nomli romantik komediyalarida suratga tushgan. Choy oʻzining katta ekrandagi debyutini „Love Clinique“ nomli romantik filmida qilgan edi.
Uning ekranga chiqishi 2013-yilda Gu Family Book fantastik-davridagi aktyorlari chiqishi dramada yaxshi qabul qilingan keyin sodir boʻlgan edi. Shundan soʻng Choi ikkita nufuzli loyihada ikkinchi darajali rollarni egalladi: yozuvchi Kim Eun Sookning „Vorislar“ nomli dramasi va "Ilohiy harakat" jangari filmlari yuqori rengtingga chqishiga sabab boʻlgan. Uning "Ilohiy harakat" filmidagi bosh rol ijrochisi Jung Woo-sung aktyorni „Orzuning boshlanishi“ nomli qisqa metrajli filmida ham boshqarib kelgan (aktyor u davrda, Choi Jung Red Brick House agentligiga qoʻshilgan edi).
2014-yilda u oʻzining birinchi mini-seriali hisoblangan romantik komediya, tinniy dramasiga „Favqulodda juftlik“ deya sarlavha qoʻyadi. Keyin Choi 2008-yilgi Taiwan dramasining remake "Sen mening taqdirimsan" filmida yordamchi rolini ijro etib, tarmoq televideniyesiga yana qaytadi. Yana bir bosh rol „Gʻurur va xurofot“ huquqiy dramasi bilan ijodida aktyor davom etadi. Shuningdek, u yaponiyalik Koisuru Vampire („Sevgi vampiri“) filmida ham kichik rolni ijro etgan.
Choi 2015-yil 31-martda majburiy harbiy xizmatga boʻlaganligini sabab, aktyorlik faoliyatidan tanaffusga chiqadi. U Seul politsiyasining targʻibot guruhiga, Seul Metropolitan Politsiya Agentligi qoshidagi teatr boʻlinmasiga qoʻshilish imkoniyatiga ega edi, ammo faol xizmatchi sifatida xizmat qilishni tanlaydi. U tizzasidan olgan jarohati tufayli bor-yoʻgʻi yetti oydan keyin armiyadan boʻshatilgan.
Choi jinoyat trilleri Tunnel bilan sahnaga qaytadi, bu esa Xitoyda juda ham xit darajasiga chiqqan edi. 2018-yilda u „Iblis jozibasi“ romantik komediya dramasi va "Oxirgi imperator" nom ostidagi sirli triller serialida rol ijro etgan.
2019-yilda Choi „Adolat“ triller dramasida rol oʻynadi.
2020-yilda Choi ilmiy fantastika dramasi Rugal va Zombi detektivi nomli filmda rol oʻynadi. U bundan tashqari TVN-ning eng mashhur „Janob Qirolicha“ nomli dramasida Joseon davridagi ruhi Shin hye Sunning tanasida qamalib qolgan takabbur va noz-karashmali oshpaz sifatida alohida rol oʻynadi. U birinchi 7 epizodda Shin Hye Sun qahramonining ichki fikriga oʻz ovozini berib mohirona rol ijro etadi.
Filmografiyasi
Filmlari
Televizion seriallari
Televizion koʻrsatuvlari
Musiqa videolari
Diskografiyasi
Boʻydoq
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org