Chodra hovli




Chodra hovli  – Xorazm viloyati, Yangiariq-Xiva yoʻlida joylashgan tarixiy obyekt. Xivadan 11 km sharqda joylashgan. Chodra hovli Xiva xonlarining qishloq saroylaridan biri hisoblanadi.

Tarixi



Hovli Muhammad Rahimxon tomonidan 1871-yilda yozgi dam olish maskani sifatida qurdirgan. Hovli Sayot qishlogʻida joylashgan. Bino 4 qavatli boʻlib, balandligi 30 metrni tashkil etadi. Bino 16/8 oʻlchamda qurilgan boʻlib, hovlining pastida 2 ta omborxona va otxona bor. Shu bilan birga birinchi va ikkinchi qavatlarida yashash uchun moʻljalangan xonalar ham mavjud. Ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qavatlarida yozda dam olish uchun xonalari ham mavjud. 150 yil oldin bunyod etilgan binoning atrofi bogʻ va gujumlar bilan oʻralgan boʻlgan.

Chodra hovli – toʻrtburchak shaklidagi taxta bino asosiga ega boʻlib, bino yuqoriga qarab koʻtarilgan va toʻrt qavatli turar-joy binosi sifatida bizgacha yetib kelgan. Birinchi qavatda ikkita xona, omborxona va taxta zinapoyali otxona joylashgan. Bir-biri bilan keishmaydigan yoʻl orqali ikkinchi qavatga koʻtarilish mumkin. Ikkinchi va uchinchi qavatlarda turar joy boʻlib, ayvonli bitta xonadan iborat. Ikkinchi qavatdagi ayvon, birinchi qavatdagi ayvon bilan bir xil joyda joylashgan. Uchinchi qavatdagi ayvon ikki tomonlama ochiq
holda, ikkinchi qavat ayvonning egallagan qismiga teng maydonda qurilgan. Xonalarning barcha devorlarida past oʻrnatilgan toʻrtburchaklar derazalar mavjud. Ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qavatlar orasidagi aloqa
koʻchma narvonlarning yordami bilan, shiftlar burchagidagi lyuklar orqali amalga oshirilgan. Toʻrtinchi qavatda ikkita ayvon mavjud boʻlib janubiy va koʻndalang boʻlinma bilan ajratilgan. Ularni shimoldan umumiy devor birlashtirgan. Binoning tepa qismlari dinamik ravishda yengilroq qilib qurilgan, hovlida gʻayritabiiy mutanosiblik bilan Xorazm meʼmorchiligi uygʻunlashgan. Uy Xorazm uylarining noyob turi sifatida alohida eʼtiborga ega. Uy paxsa boʻlaklar yordamida qurilgan. Ularning kesilgan joylari naqsh qoplamalar bilan yashiringan, ichki va tashqi devorlarning sirti ham naqshinkor qoplamalar bilan qoplangan. Fasadlarning yagona dekorativ detali oʻyilgan yogʻochlardir. Katta, oddiy dizaynga ega ayvon ustunlari uchun ham oʻyilgan yogʻochlardan foydalanilgan. Devorlar yuzasidagi paxsaning vertikal chiziqlari kesishgan joylar ganch qoplamalar yordamida bilinmaydigan holga ketirilgan. Chodra hovli kolxozlararo dam olish uyi hududida joylashgan.

Yangiliklar



Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2019-yil 28-iyundagi 413-sonli buyrugʻiga binoan moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga roʻyxatga olingan. 2019-yil 13-15 noyabr kunlari „Ipak yoʻlida turizm“ koʻrgazmasida Chodra hovli gavdalantirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz