Cho`chqa
Choʻchqa ,
xonaki choʻchqa — haqiqiy choʻchqasimonlar turkumi (Sus)ra mansub juft tuyoqli hayvon. Xonaki Ch.lar Yevropa, Oʻrta dengiz va Osiyo toʻngʻizlarinint kenja turi (Sus scrofa)fl aH kelib chiqqan. Yevropa va Osiyo guruhlariga boʻlinadi. Miloddan avvalgi 5—4-asrlarda xonakilashtirilgan. Ozuqa sharoiti, parvarish hamda uzoq va maqsadli seleksiya natijasida jahonda 100 dan ortiq Ch. zotlari chiqarilgan. Eng koʻp boqiladigan zotlar — yirik oq, landras, yirik qora, dyurok, Shimoliy Kavkaz, Ukraina dasht oq choʻchqasi va boshqa Ch.ning tana tuzilishi qoʻpol, tumshugʻi uzun, uchida harakatlanuvchi xartumi bor. Oyoqlari toʻrt barmoqli, yelini ikki tizimda joylashgan, 14 soʻrgʻichli; tanasi siyrak dagʻal qil bilan qoplangan. Erkagining vazni 250–300 kg, urgʻochisi 200–220 kg ga boradi. Ch. chorva hayvonlari ichida eng tez yetiluvchi va sermahsul hisoblanadi, 4— 5 oyligida jinsiy yetiladi, 9—10 oyligida qochiriladi. Boʻgʻozlik davri 102—128 kun, yiliga 2-marta bolalaydi va har bolalashida 10 va undan ortiq bola beradi. Ch. bolasining tirik vazni tugʻilganida 1,2 –2 kg, ikki oyligida 16–20 kg, 6—7 oyligida 90–110 kg, 12 oyligida 200 kg tosh bosadi. Bir ona Ch.dan bir yilda 20— 22 bola olish va uni boqish mumkin. Boqilgan Ch.ning soʻyim goʻsht chi bola olish va uni boqish mumkin. Boqilgan Ch.ning soʻyim goʻsht chiqimi 70—85% ni tashkil etadi. Choʻchqa da ona choʻchqalar 5—6 yil, erkak choʻchqalar 7 yil foydalaniladi. Ch.lar tabiiy va sunʼiy usulda qochiriladi. Bir erkak Ch. urugʻi bilan 100 dan koʻproq ona choʻchqalarni sunʼiy urugʻlantirish mumkin. Ch.larni goʻsht uchun (bekon), goʻshtyogʻ uchun va yogʻ uchun boqish usullari mavjud. Ch. goʻshti va yogʻidan turli oziq-ovqat mahsulotlari (bekon, vetchina, kolbasa, dudlangan goʻsht, rulet, koreyka, shpik va boshqalar) tayyorlanadi. Ishlab chikarishda Ch. terisidan oyoq kiyimi, egarjabduklar va boshqa narsalar tayyorlashda foydalaniladi. Dunyoning hamma mamlakatlarida, yirik fermalar va xonadon xoʻjaliklarida boqiladi.
Yana q.
uz.wikipedia.org