Chochpopuk




Sochpopuk , chochpopuk — ayollarning soch taqinchogʻi. Uchlari popukchalar bilan tugallanadigan 2—4 (baʼzan 15—20 va undan ortiq) qalin qora ip, ipak va jundan eshilgan tutamlardan iborat. Tutamlarga turli shakldagi (kubbali silindr, konus) naychalar kdsaladi; kdsamalar S.da yey kabi joylashadi, qadamalar ostidan popukchalar chiqariladi. Baʼzan qadamalar orasida tumor, bezakli tangalar ham osilgan. S.ning soch oʻrimiga qoʻshib oʻriladigan, mayda oʻrilgan soch oʻrimlariga hamda kiyim (orqa yelka qismi)ga tikib qoʻyiladigan xillari keng tapqalgan. Shuningdek, 20-asrning oxirlarida qizchalar uchun doʻppita tikib qoʻyiladigan turi ham yuzaga keldi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz