Chloe Bridges




Chloe Marisa Suazo Bridges , (1991-yil 27-dekabrda tugʻilgan), -professional aktrisa sifatida Chloe Bridges nomi bilan tanilgan, amerikalik aktrisa. U Freddie (2005—2006) sitkomidagi Zoi Moreno roli va Disney Channelning „Camp Rok 2: Final Jam“ (2010)filmidagi Dana Tyorner rollari bilan tanilgan. U “ Forget me not” (2009), “ Family Weekend” (2013), “ Mantervention” (2014), "The Final Girls” (2015) va “Nigthtlight” (2015) filmlarida suratga tushgan. U, shuningdek, The Carie Diaries filmida Donna LaDonna, „ Pretty Little Lairs“ filmida Sidney va „Daytime Divas“ filmida Kibbi rollarini ijro etgan.

Faoliyati



2005-yildan 2006-yilgacha Bridges ABC Freddie sitkomida Zoi Moreno rolini ijro etgan. 2006-yilda u Jorj Lopesning epizodidagi qahramon sifatida mehmon sifatida ishtirok etdi. U Adelphia va AT&T uchun reklama roliklarida suratga tushgan.

Bridges dastlab „ Camp Rock“ filmidagi Mitchie Torres roli uchun kastingda qatnashgan, natijada rol Demi Lovatoga nasib etgan. U, shuningdek, 2009-yilda " Legally Blondes „ va “Forget Me Not" filmlarida suratga tushgan. U 2010-yilda Disney kanalida namoyish etilgan "Camp Rok 2: The Final Jam" serialida Dana Tyorner rolini oldi. 2012-yil mart oyida Bridges 2013-yildan 2014-yilgacha ikki fasli efirga uzatilgan The Carrie Diaries nomli The CWning „ Sex and The City“ountain

https://fountain.toolforge.org/editathons/wiki-stipendiya-marafonir „ prekvelida Donna LaDonna rolini ijro etdi.

Bridges “The Final Girls” (2015) qoʻrqinchli komediya filmida Paulaning yordamchi rolini oʻynagan va “ Nightlight ” (2015) gʻayritabiiy triller filmida Niya rolini oʻynagan. Skott Bek va Brayan Vuds tomonidan suratga olingan film 2015-yil 27-martda chiqdi 2016-yil avgust oyida Bridges 2017-yil 5-iyun kuni premyerasi boʻlgan VH1 ning “ Duntime Divas ” ssenariy dramasi sobiq bolalar yulduzi va tuzalib ketayotgan giyohvand Kibbi rolini oʻynadi.

2018-yilda Bridges Amerikaning “Insatiable” qora komediya teleserialida Roksi Baklining takrorlanuvchi rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti



2014-yilda “The Final Girls” filmi toʻplamida uchrashgandan soʻng, Bridges 2015-yil fevral oyida Adam DeVin bilan uchrashishni boshladi. 2019-yil oktyabr oyida er-xotin unashtirilganliklarini eʼlon qilishdi. Er-xotin 2021-yil 9-oktyabrda turmush qurishdi

Bridges 2020-yilda Kolumbiya universitetini siyosiy fanlar boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz