Chkalov (metro bekati)




Doʻstlik Toshkent metropolitenining Oʻzbekiston yoʻlidagi eng janubiy bekatdir. 1987-yili 7-noyabrida ishga tushirilgan bu bekat 2012-yil 5-oktabrgacha sovet sinovchi-uchuvchisi Valeriy Chkalov sharafiga Chkalov deb nomlanar edi. Bekat tipi bir qubbali, sayoz. Ikki yerosti vestibuli bor. Bekatdan Elbek koʻchasiga chiqiladi. Ichki bezaklarida yorqin ranglarda kapalaksimon yoritkichlardan foydalanilgan. Markazida radarni eslatuvchi alyumin kolonnalar oʻrnaligan. Vestibyul va zinalari oq marmardan, poli qora granitdan ishlangan. 2017-yil oktabrdan boshlab ushbu metro bekatidan Qoʻyliq massiviga qadar qurilishi rejalashtirilgan Yerusti halqa yoʻlining yerusti metro liniyasini barpo etish ishlari boshlab yuborildi.. 2020-yil 30-avgust kuni liniya ishga tushdi.

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz