Chjutszyan
Sitszyan ,
Xi daryo ,
Si-Kiang Chjutszyan, Marvaridli daryo — Xitoyning jan.sharqiy qismidagi daryo. Uz. 2160 km, havzasining maydoni 437 ming km². Yunnan togʻligidan boshlanib, Nannin togʻlarining jan. etaklari boʻylab oqadi va Beyszyan hamda Dunszyan daryolari bilan maydoni 16,9 ming km² li delta hosil qilib Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 8 ming m³/sek., yezda sersuv. Teztez suv toshqinlari boʻlib turadi. Sugʻorishda foydalaniladi. Uchjou shahridan boshlab kema qatnaydi. Deltasida Guanchjou dengiz porti joylashgan.
uz.wikipedia.org