CHJUSZYANKOU



CHJUSZYANKOU, Kanton qo’ltig’i — Janub Xitoy dengizidagi qo’ltiq, Xitoyning Janubiy Sharqiy qirg’oqlariga tutash. Uzunligi 63 kilometr, eni kiraverish qismida 31 kilometr, eng chuqur joyi 26 metr. Orol va sayozlik ko’p. Suv ko’tarilishi aralash (2,5 metrgacha). Chjuzyankouga Siszyan daryosining ko’plab tarmoqlari quyiladi. Chjuszyan tarmog’i bo’yida Xitoyning yirik portlaridan biri — Guanchjou joylashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz