CHJURCHJENLAR



CHJURCHJENLAR, chjulichjen, nyuychjen, nyuychji — tungus qabilalaridan. Qadimdan Manjuriyaning Sharqiy qismida yashaganlar. 10-asrgacha mustaqil bo’lishgan, Xitoy va Koreya bilan aloqalari bo’lgan. 10—11-asrlarda kidanlarga tobe bo’lganlar. 11-asr boshida Chjurchjenlar qabilalari 1114 yil kidanlarga qarshi qo’zg’olon ko’targan Aguda tomonidan birlashtirilgan. Natijada Chjurchjenlar mustaqil Szin davlati (1115— 1234) ni barpo etganlar, keyinchalik bu davlat mo’g’ullar tomonidan tugatilgan. Mo’g’ullar davrida Chjurchjenlar yana bir necha qabila guruhlariga parchalanib, 16-asrgacha Sharqiy Osiyo tarixida aytarli rol o’ynamaganlar. 16-asr oxiridan Chjurchjenlarning “Szyanchjou nyuychjilari” deb atalmish guruhidan oqsoqol nurxasi siyosat maydoniga chiqqan. U 1583-1625 yillar mobaynida nafaqat Szyanchjou qabilalarini, balki keyinchalik “manjurlar” deb nom olgan boshka qabilalarni ham birlashtirishga muvaffaq bo’lgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz