Chjulichjen
Chjurchjenlar , chjulichjen, nyuychjen, nyuychji — tungus qabilalaridan. Qadimdan Manjuriyaning sharqiy qismida yashaganlar. 10-asrgacha mustaqil boʻlishgan, Xitoy va Koreya bilan aloqalari boʻlgan. 10—11-asrlarda kidanlarta tobe boʻlganlar. 11-asr boshida Ch. qabilalari 1114-yil kidanlarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan Aguda tomonidan birlashtirilgan. Natijada Ch. mustaqil Szin davlati (1115— 1234)ni barpo etganlar, keyinchalik bu davlat moʻgʻullar tomonidan tugatilgan. Moʻgʻullar davrida Ch. yana bir necha kabila guruxlariga parchalanib, 16-asrgacha Sharkiy Osiyo tarixida aytarli rol oʻynamaganlar. 16-asr oxiridan Ch.ning "Szyanchjou nyuychjilari" deb atalmish guruhidan oqsoqol Nurxatsi siyosat maydoniga chiqqan. U 1583—1625-yillar mobaynida nafaqat Szyanchjou kabilalarini, balki keyinchalik "manjurlar" deb nom olgan boshqa qabilalarni ham birlashtirishga muvaffaq boʻlgan.
uz.wikipedia.org