Chjuan (cholgʻu asbobi)
Chjuan (xitoycha: pinyin, ruan) — anʼanaviy xitoy chertib chalinadigan cholgʻu asbobi. Xalq musiqasi va xitoy teatri orkestrlarida foydalaniladigan torli musiqa asbobi; pipa cholgʻu asbobidan kelib chiqqan.
Tarixi
Xan sulolasi davrida paydo boʻlgan dumaloq shakldagi rezonator qutili, 4 torli va 24 pardali pipa keyinchalik Xan sulolasi pipasi (yoki Chin sulolasi pipasi) deb atalgan. Bambukzorlarning yetti donishmandidan biri boʻlgan mashhur musiqachi Juan Siyan ushbu cholgʻuda ajoyib ohanglarni ijro etganligi sababli, ushbu pipani xitoycha: 阮咸)uning sharafiga chjuan yoki juansyan deb atay boshlashgan.
Zamonaviy chjuanga shaklan mos keladigan pipa chalish aks etgan ilk qadimgi tasviri 260-yilga tegishli kichik sopol idishda topilgan.
Viyetnam va Kambojaning dumaloq lyutlari chjuandan kelib chiqqan.
Tavsifi
Juan korpusi yumaloq shaklga ega boʻlib, old va orqa devorlari boʻrtmali. Uzun grifga qoziqcha biriktirilgan, boʻyni va yuqori qismida 24 ta xromatik parda joylashadi.
Zamonaviy chjuan uch oʻlchamda ishlab chiqiladi: katta dazhuan (xitoycha: 大阮), Oʻrta Chjunchjuan (Ch xitoycha: 中阮 va kichik siaochjuan (xitoycha: 小阮). Amalda katta va oʻrta chjuanlar koʻproq qoʻllanadi
Uni chalish vaqtida chjuan vertikal ravishda chap sonda turiladi, torlari tomoshabinga qaratiladi va tirnoq yoki toshbaqa chigʻanogʻi yordamida chalinadi.
Yueqin Chjuanning boshqa bir turi hisoblanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org